Gadjyetlarga bezak beriş bilan şuğullanuvçi AQŞning Brikk kompaniyasi yangi iPhone 7 modeliga buyurtmalar qabul qilişni boşlaganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches. Telefon korpusini puşti, sariq tilla yoki platinadan tayyorlaş taklif qilinmoqda. Şuningdek, gadjyetni umumiy oğirligi 60 karatlik olmoslar bilan bezaş ham mumkin. 

Bunday smartfonning narxi 1,3 mln dollarni taşkil qiladi.

Apple yangi smartfoni taqdimotini 2016 yil kuziga ötkazişni rejalaştirgan. Biroq internetda telefonning suratlari paydo bölişga ulgurdi. Bundan taşqari, iyulda YouTube’da yangi smartfonning taxmin qilinayotgan ranglari (Gold, Rose Gold va Space Black) tasvirlangan video ham joylaştirildi.