Apple öz mahsulotlarining çakana narxlarini har bir mintaqa uçun alohida belgilaydi. Biroq smartfonning yakuniy qiymatiga mamlakatlardagi soliqlar, bojxona tölovlari va boşqa yiğimlar ham sezilarli taʼsir körsatadi.

Visual Capitalist taqdim etgan infografikada Deutsche Bank maʼlumotlari asosida iPhone 17 Pröning 256 GB xotirali versiyasi turli davlatlarda qança turişi taqqoslangan.

Natijalar smartfonning çakana narxi mamlakatga qarab ikki baravardan ham köproq farq qilişini körsatgan.

Eng qimmat - Turkiyada

Reytingda birinçi örinni Turkiya egallagan. Bu mamlakatda iPhone 17 Pro (256 GB) uçun xaridor 2592 dollar tölaşi kerak.

Manbaga köra, bunday yuqori narx şakllanişiga Turkiyadagi 20 foizlik qöşilgan qiymat soliği, maxsus isteʼmol soliqlari va qurilmani röyxatdan ötkaziş bilan boğliq yiğimlar taʼsir qilmoqda.

Ikkinçi örinda Braziliya qayd etilgan. U yerda smartfon 2260 dollar turadi. Uçinçi örinni 1872 dollarlik narx bilan Misr egallagan.

Yevropa davlatlari orasida esa iPhone 17 Pro eng qimmat Vengriyada sotilişi qayd etilgan.

Yaponiyada 1121 dollar

Taqqoslaşda iPhone 17 Pro eng arzon sotilayotgan mamlakat Yaponiya bölgan. Bu yerda 256 GB xotirali qurilma 1121 dollar turadi.

AQŞda xuddi şu model uçun xaridorlar 1181 dollar tölaydi. Janubiy Koreyada ham narx şunça - 1181 dollar.

Şu tariqa, reytingdagi eng qimmat va eng arzon bozor örtasidagi farq 1471 dollarni taşkil etmoqda. Yaʼni Turkiyada iPhone 17 Pro Yaponiyadagidan qariyb 2,3 baravar qimmat.

Nega narxlar bunçalik farq qiladi?

iPhoneʼning turli davlatlardagi narxi faqat Apple belgilagan bazaviy qiymatga boğliq emas. Yakuniy çakana narxga mahalliy soliqlar, import bojlari, maxsus isteʼmol soliqlari va boşqa yiğimlar ham qöşiladi.

Şuningdek, ayrim bozorlarda sotiladigan smartfonlarning SIM-karta konfiguratsiyasi ham farq qilişi mumkin.

Rossiya reytingga kiritilmagan