30 iyuldan 31 iyulga ötar keçasi AQŞ şarqida joylaşgan Merilend ştati qirğoqlariga tabiiy ofat yopirildi. Eng köp Vaşingtondan 30 km uzoqlikda joylaşgan Ellikott-Siti şahri zarar körgan. CNN manbasining xabariga köra, şahardagi yoğin miqdori 16 sm.ni taşkil etgan.

“Feysbuk” foydalanuvçilaridan biri Sara Arditti toşqin paytida öz avtomobiliga qamalib qolgan ayolni eri va boşqa odamlar tomonidan qutqarilişi aks etgan videoni öz sahifasiga joylaştirdi.

Videorolikdan toşqinning qançali kuçli bölayotganiligiga guvoh böliş mumkin. Rolikdagi asosiy voqealar şaharning Meyn-strit köçasida sodir bölgan.
Bu kadrlar Ellikott-Siti markazida joylaşgan restoranning ikkinçi qavatidan suratga tuşirilgan.  Suv binoning birinçi qavatini töla qoplagan.
Şahar aholisi balandlikda joylaşgan parkka köçirilgan. Suv oqimi yölida uçragan barça narsalar: çiqindi va daraxt bölaklarini yuvib ketgan.
Toşqin Ellikott-Sitidan ikki kişining hayotiga zomin böldi. U turar-joy binolariga jiddiy zarar yetkazdi. Eng katta zarar quyiroqda joylaşgan şahar markazida qayd etilgan. 120 kişi qutqarib qolingan.