Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev xalqaro terrorizm va ekstremizm jinoyatlarini sodir etganlik uçun javobgarlikni kuçaytiruvçi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Atambayev 2015-yil dekabrida "Suriyadagi terrorçilar tomonida turib jang qilgan qirğizistonliklarni mamlakat fuqaroligidan mhrum etiş kerak", -deya bayonot bergan edi.
Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi ma'lumotlariga köra, Suriya, Afğoniston va Iroqdagi jangovar harakatlar hududida respublikaning 600dan ortiq fuqarosi bölib, ular xalqaro terrorçi guruhlar safiga qöşilgan. Ularning 70dan ortiği öşa yoqlarda ölib ketgan.
Şu bilan birga, Qirğiziston huquq-tartibot idoralaridagi manbaning sözlariga köra, terrorçi guruhlar tarkibidagi respublika fuqarolari soni, soxta qirğiz pasporti egalari hisobiga köproq bölişi ham mumkin.







