7 avgustda Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni qöllab-quvvatlovçi namoyiş deyarli 5 mln kişini yiğdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, namoyişçilar davlat töntaruviga yangi urinişlarga qarşi çiqdilar va amaldagi hukumatni qöllab-quvvatlaşlarini bildirdilar. Namoyişçilar oldida Erdöğan, boş vazir va siyosiy partiyalar yetakçilari nutq sözladilar. 

Ma'lum qilinişiça, rekord darajadagi odamni yiqqan namoyiş milliy madhiya sadolari ostida boşlangan. Şundan keyin Erdöğan nutq sözlagan. Erdöğan davlat töntaruviga yangi urinişlarning oldini oliş uçun parlament ölim jazosi kiritilişi haqidagi qonunni qabul qilsa, uni imzolaşga tayyorligini aytgan.