DW xabariga köra, 25-oktabr kuni ötkazilgan aksiyani «Demokratiya uçun million lahza» taşabbusi taşkil etgan. Iştirokçilar «Senzura qaytişini istamaymiz!» va «Kibr va vayronkorlik hukumatini töxtating!» kabi şiorlar yozilgan plakatlarni kötarib çiqqan.
Boş vazir Andrey Babişning öng populist hukumati jamoat teleradioeşittirişi uçun undiriladigan tölovni bekor qilişni rejalaştirmoqda. Uning örniga Çexiya televideniesi - ČT va Çexiya radiosi - ČRo davlat byudjetidan moliyalaştiriladi.
Islohot moliyalaştiriş hajmini 15 foizdan köproq qisqartirişni ham nazarda tutadi. dpa agentligiga köra, namoyişçilar bunday özgarişlar jamoat OAV mustaqilligiga putur yetkazişidan xavotir bildirmoqda.
Qonun loyihasi 24-oktabr kuni erta tongda parlament quyi palatasi - Deputatlar palatasida birinçi öqişdan ötgan. Endi uni parlament qömitalari körib çiqadi.
Çexiya prezidenti Petr Pavel hukumatning islohotni parlamentdan şoşilinç ötkazişga urinişini tanqid qilgan. Uning fikriça, loyihani tungi vaqtda va dam oliş kunlari muhokama qiliş taşabbuskorlarning ezgu niyatiga işonçni susaytiradi.
Babiş esa tanqidlarni rad etgan. «Heç kim dasturlar yoki yangiliklarni yoritiş jarayoniga aralaşmoqçi emas», - degan boş vazir.
Sönggi kunlarda Praga, Brno va Çexiyaning boşqa şaharlarida ham şunday norozilik aksiyalari bölib ötgan, biroq ularda iştirokçilar soni kamroq bölgan.
Islohotni tanqid qilayotganlar orasida Yevropa teleradioeşittiriş ittifoqi (EBU), Yevropa jurnalistlar federatsiyasi va «Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti ham bor. AFP agentligi qayd etişiça, ular Babişni Slovakiya boş vaziri Robert Fitso va Vengriyaning sobiq hukumat rahbari Viktor Orban yölidan borib, jamoat OAV mustaqilligini çeklaşga intilişda ayblamoqda.

















