12:55 / 15.08.2016
33999

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portali xabar bergan.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O‘zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Sodiq Abdullayev Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi», — deyiladi hukumat axborotida.

Sodiq Abdullayev 2016 yilning 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangandi.

Top