AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari bilan Oleşkidagi gumanitar missiya yakunlari böyiça uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda Rossiya nomidan ombudsman Yana Lantratova va prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriev, Ukraina nomidan ombudsman Dmitro Lubinets hamda «Sluga naroda» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya iştirok etdi.
Birinçi xonim öz nutqida gumanitar missiyani tayyorlaşning har bir bosqiçida iştirok etgani haqida aytib bergan. «Minalardan tozalaş rejalari va aerofotosuratlar örganildi, yöllar holati baholandi, evakuatsiya yönalişlari, tibbiyot muassasalari bor-yöqligi, transport vositalaridan foydalaniş imkoniyatlari va tibbiy resurslarni taqsimlaş muhokama qilindi. Men operatsiyaning muddati va vaqtiga oid barça tafsilotlardan xabardor edim. Mensiz otaşkesim bölmasdi», – dedi Melaniya Tramp.
Melaniya Tramp Oleşki şahrida erişilgan olti kunlik sulh «yanada mustahkam tinçlik»ka olib kelişiga umid bildirgan.
«Umid qilamanki, Oleşki tajribasi yanada mustahkam tinçlikka erişiş uçun turtki böladi. Har qanday katta özgariş kiçik bir uçqundan boşlanadi», – deydi u.

Uning maʼlum qilişiça, Oleşkidan 800 ga yaqin kişi olib çiqilgan. Rossiya tomoni ham, Ukraina tomoni ham aniq raqamlarni keltirmagan. Yana Lantratova gumanitar missiya yakunlanganidan köp vaqt ötmay bergan intervyusida 750 kişida Ukraina yoki Rossiyaga ketiş imkoniyati bölgani, ammo bu taklifni hamma ham qabul qilmaganini aytgandi. Dmitro Lubinets esa tomonlar Oleşkidan Ukrainaga qança odam, Rossiyaga qança odam ketgani haqidagi maʼlumotlarni oçiqlamaslikka kelişib olgani haqida gapirgan.
Melaniya Tramp Oleşkidagi otaşkesim Rossiya va Ukraina prezidentlari iştirokisiz bölmaganini qayd etgan. U prezidentlarning bu boradagi hamkorligi «butun mintaqada tinçlikni ilgari suriş uçun muhim pretsedent yaratişi»ni taʼkidlagan. U Araxamiya va Dmitriev orqali Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putinga yetkaziş uçun şaxsiy maktublarini topşirdi.
Uçraşuvda AQŞ birinçi xonimidan keyin Kirill Dmitriev sözga çiqqan. U Melaniyaga «köplab hayotlarni» saqlab qolgani uçun minnatdorçilik bildirgan. Dmitriev unga şahardan evakuatsiya qilingan 11 yoşli Lidiya çizgan rasmni sovğa qildi. Unda şunday yozilgan: «Men Melaniyani sevaman».













