LG yana bir bor Yevropa sudyalarida katta taassurot qoldirdi va tasvir sifati, dizayn va smart-interfeysi uçun yuksak baholandi.
SeUL, 2016 yilning 15 avgusti – LG Electronics (LG) kompaniyasining OLED televizori Tasvir va Tovuş Yevropa Assotsiatsiyasi (EISA) tomonidan beşinçi yil ketma-ket Yevropadagi eng yaxşi innovatsion televizor, deya tan olindi. EISA Awards mukofoti har yili 20ta Yevropa mamlakatidan 50ta multimedia jurnali ekspertlar guruhi tomonidan aniqlanadi, ular innovatsion mahsulotlarni texnologik imkoniyatlari, dizayn va yangiligiga qarab baholaşadi.
LG SIGNATURE (65G6 modeli) OLED televizori Yevropa Innovatsiya Televizori nominatsiyasi ğolibi sifatida mukammal qora rang ifodasi, şuningdek yuqori tasvir sifatidan ta'sirlangan sudyalar tomonidan «haqiqatda yuksak muvaffaqiyat» deb ataldi. Hakamlar hay'ati HDR 10 va DolbyVision™ni qöllovçi LG SIGNATURE OLED televizorini yuqori baholaşdi.
«Eng nufuzli EISA mukofotini beşinçi yil ketma-ket qölga kiritiş biz uçun katta şaraf va har bir mukofot avvalgisidek qadrli», dedi LG Electronics’ning LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. «Bu e'tirof bizning LG SIGNATURE OLED televizori özining tiniq tasviri va revolyutsion dizayni bilan muhandislik san'atining yuksak muvaffaqiyati ekanligiga doir işonçimizni tasdiqlaydi».
LĞning yana bir televizori – LG UH770VSUPER UHDTV ham özining ajoyib tasvir sifati va WebOS 3.0 intuitiv foydalanuvçi interfeysi uçun e'tirofga sazovor bölib, European Smart TV mukofotiga munosib, deb topildi.
LG mobil telefonlar departamenti LG G5 smartfoni uçun European Mobile Innovation nominatsiyasida eng yaxşi qurilma sifatida mukofot oldi.
Reklama huquqi asosida.











