Foydalanuvçilar LG kompaniyasini televizor yordamida suhbatlarni maxfiy tinglaşi va sun’iy intellektni öqitiş uçun ma’lumot töplaşi mumkinligida ayblay boşladi. Texas boş prokurori Ken Pakston LG (va boşqa bir qança kompaniyalar) ustidan da’vo arizasi kiritib, ularning televizorlari egalarining roziligisiz ekran tasvirlarini olişini da’vo qilganidan söng vaziyat yanada keskinlaşdi.

Da’vo arizasi kiritilganidan köp ötmay, LG foydalanuvçi kelişuvini yangiladi. Biroq yangi bandlar yanada köproq savollar tuğdirdi, deb yozdi BGR naşri.

LG televizori suhbatlaringizni «tinglaydimi»?

LG kompaniyasining yangilangan şartlarida ta’kidlanişiça, ularning televizorlari qurilma yaqinidagi odamlarning nutqini yozib olişga qodir bölgan sun’iy intellektga asoslangan ovozni aniqlaş xizmatlaridan foydalanadi. Şu bilan birga, tinglaş va maxfiylik töğrisidagi qonunlarga rioya qiliş mas’uliyati amalda televizor egasining zimmasiga yuklatilmoqda.

Boşqaça aytganda, foydalanuvçi öz uyidagi mehmonlar va yaqinlari ovozli ma’lumotlar qayta işlanişi ehtimolidan xabardor ekanligiga hamda bunga roziligiga işonç hosil qilişi kerak. Aynan şu band köplab tanqidlarga sabab böldi: qurilma egalari buni LG mas’uliyatni foydalanuvçilarning öziga yuklaşga urinayotgani sifatida qabul qildi.

Keyinroq LG uşbu vaziyatga izoh berib, LG televizorlari xonadagi suhbatlarni töplamasligi, yozib olmasligi va saqlamasligini, bunday imkoniyatga ega har qanday funksiyalar ixtiyoriy ekanini ta’kidladi.

Biroq bu bayonot LG kompaniyasining avvalroq e’lon qilgan hujjatiga zid keladi. Unda kompaniya televizorlari atrof-muhitdagi suhbatlarni töplaşi, yozib olişi va saqlaşi mumkinligi aytilgan.

Bu LG bilan boğliq birinçi janjal emas

LG kompaniyasida maxfiylik bilan boğliq muammolar avval ham yuzaga kelgan. Xususan, 2013-yilda kompaniya Smart TV egalarini kuzatişda ayblangan edi. Şunda televizorlar suhbatlarni yozib olmagan, biroq egalari tomoşa qilgan telekanallar va dasturlar haqida doimiy ravişda ma’lumot töplab borgan. Jamoatçilik e’tirozlaridan söng LG uşbu muammoni hal qiluvçi dasturiy ta’minot yangilanişini çiqargan.