YouTube'da Mark Rober ismli blogerning hovuzni 25 million Orbeez suv pufakçalari bilan töldirgan videosi paydo böldi. 

Rolikda Rober va uning yaqinlari Orbeez suv pufakçalari bilan tölgan hovuzni sinovdan ötkazişadi. Bloger pufakçali hovuzga sakraydi va bu ğoya qanday paydo bölganligiga izoh beradi. 

Videoxosting foydalanuvçilariga Roberning tajribasi ma'qul keldi, ular amalga oşirilgan ajoyib tajriba uçun blogerga tahsin aytişdi. Tarmoqning ba'zi foydalanuvçilari blogerga hali hovuzni Orbeez'dan tozalaş kerakligi haqida eslatib qöyişdi. 

Orbeez — 99 foiz suv va 1 foiz zararsiz polimerlardan iborat pufakçalar. Orbeez pufakçalari suvga taşlanganda 100 karradan kattalaşadi.