Jinoyat işlari böyiça Mirzaçöl tuman sudi bloger Sirojiddin Odilovni (“Sirojiddin media” MÇJ rahbari) tovlamaçilik va firibgarlik jinoyatlarida aybli deb topdi.
Sudning 5-oktabr kungi hukmi bilan, Odilov bir nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) va 2 nafar fuqaroga nisbatan 168-moddasi 3-qismi "b,v" bandlari (xizmat mavqeyidan foydalangan holda takroran firibgarlik) bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Jizzax viloyati sudlari xabarida aytilişiça, sud muhokamasi davomida Sirojiddin Odilov fuqaro D.Şamsiyevning 12 mln söm pulini tovlamaçilik, G.Jumaniyozovaning 30 mln söm, R.Xudoynazarovaning 33 mln söm pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani töliq isbotlangan va Odilov tomonidan jami 75 mln söm yetkazilgan zarar qoplangan.
“Alohida taʼkidlaş örinliki, mazkur jinoyat işi yurituvi davomida S.Odilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan biron bir ayblov qöyilmagan. S.Odilovning harakatlari yuzasidan ayblov u tomonidan boşqa fuqarolarning mulki firibgarlik va tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritilganligi bilan boğliq.
Birinçi instansiya sudining hukmiga faqat yuqori instansiyada protsessual tartibda baho beriladi”, – deyiladi Jizzax viloyati sudlari axborotida.

















