TASS agentligining 24-avgust kuni blogerning advokati Sergey Badamşinga tayanib xabar berişiça, Ilya Remeslo Rossiya armiyasi haqida «feyk» tarqatiş böyiça jinoyat işi doirasida ötkazilgan tibbiy ekspertizadan keyin Moskvadagi 7-sonli, «Kapotnya» nomi bilan ham tanilgan tergov hibsxonasiga ötkazilgan.

Bunga qadar Remeslo iyul oyi oxiridan beri Serbskiy nomidagi psixiatriya institutida sud-psixologik va psixiatrik ekspertizadan ötayotgan edi. Ekspertiza natijalari hozirça oçiqlanmagan.

Bloger kamida 16-sentabrga qadar tergov izolyatorida qolişi kutilmoqda. Şu vaqtda Moskvadagi Basman sudi unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqişga tayyorgarlik köradi. Ayblov böyiça Remesloga 10 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin.

Yillar davomida Putinni qöllab-quvvatlagan

Ilya Remeslo Rossiya Jamoat palatasining sobiq aʼzosi. Biroq u jamoatçilik orasida asosan Rossiya muxolifati va faollariga qarşi murojaatlari bilan tanilgan.

Xususan, Remeslo Aleksey Navalniy va Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (KQKF)ning uzoq yillik tanqidçilaridan biri bölgan. U bu faoliyati bilan Rossiya Jamoat palatasiga tayinlanişidan oldin ham tanilgan edi.

Navalniyning 2017-yilgi prezidentlik kampaniyasi uçun yiğilgan xayriya mablağlari bilan boğliq firibgarlik işi aynan Remesloning murojaatidan keyin qözğatilgani aytilmoqda. Keyinçalik uning yana bir murojaati Navalniyga nisbatan rossiyalik faxriyni haqorat qiliş böyiça jinoyat işi oçilişiga asos bölgan.

Putinni «noqonuniy prezident» deb atadi

2026-yil mart oyida Remeslo kutilmaganda özining Telegram-kanalida Vladimir Putin hamda Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida keskin tanqidiy postlar eʼlon qildi.

U Putinni hokimiyatni özlaştirib olişda ayblab, uni «noqonuniy prezident», şuningdek, «harbiy jinoyatçi va öğri» deb atagan.

Bu bayonotlar Remesloning avvalgi siyosiy pozitsiyasidan keskin farq qilardi. Çunki u uzoq yillar davomida Putin hokimiyatini qöllab-quvvatlab kelgan va Rossiya muxolifatiga qarşi faol harakat qilgan.

Tanqidiy postlardan ikki kun ötib psixiatriya şifoxonasiga tuşdi