Markaziy Afrika respublikasining yangi prezidenti Fosten-Arkanj Tuadera özining asosiy vazifasi mamlakatda harakatlanuvçi radikal guruhlarni qurolsizlantiriş va tinçlik örnatiş ekanligini ma'lum qildi.

"Men uçun asosiy vazifa – tinçlikni qayta tiklaş. Undan söng esa qurolsizlantiriş işlari. Barça guruhlarni qurolsizlantiriş lozim. Harbiy harakatlar sobiq qatnaşçilarining barini qurolsizlantiriş, demobilizatsiya, reintegratsiya va repatriatsiya qilmoq kerak", — dedi Tuadera. 

Prezident, şuningdek, qurolli kuçlarni qayta tiklaş va barça qurolli guruhlar, turli jamoatçilik hamda davlatlar bilan sulh tuziş kerakligini ta'kidlab ötgan.


Fosten-Arkanj Tuadera Markaziy Afrika respublikasi prezidenti sifatida joriy yilning fevral oyidan iş boşlagan edi.