DW xabariga köra, voqea 2-noyabr, duşanba kuni sodir bölgan. Mahalliy aholi vakillari qişloqdagi xususiy uylardan birida bir neça ön kişi öz xohişiga qarşi uşlab turilgan bölişi mumkinligini bildirgan. Bu xabarlar ortidan uy oldiga yuzdan ortiq odam töplangan.

Rasmiy idoralar mazkur binoda Ukraina Milliy gvardiyasi bölinmalaridan birining harbiy xizmatçilari joylaşganini maʼlum qilgan. Biroq ular odamlar noqonuniy ravişda uşlab turilgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda.

Norozilikka nima sabab böldi

Ijtimoiy tarmoqlarda uyda safarbar qilinganlar, şuningdek, harbiy qismlarini özboşimçalik bilan tark etgan harbiy xizmatçilar saqlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Şundan söng kunduzi bino oldiga yiğilgan odamlar içkaridagilar qanday şaroitda saqlanayotganini tekşirişni va hududga kirişga ruxsat berişni talab qilgan.

Ukraina ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga köra, uy oldida töplanganlar bilan politsiya örtasida töqnaşuvlar sodir bölgan. Keçga borib esa vaziyat yanada keskinlaşgan.

Qarindoşlar harbiylarga zöravonlik qilinganini aytmoqda

Norozilik aksiyasi iştirokçilari va harbiylarning qarindoşlari uydagi odamlar öz xohişiga qarşi uşlab turilgani hamda ularga nisbatan zöravonlik qöllanganini daʼvo qilgan.

Ularning sözlariga köra, bino yertölasida taxminan 40 nafar erkak saqlangan bölişi mumkin. Biroq xabar eʼlon qilingan paytgaça bu maʼlumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Politsiya va Milliy gvardiya ayblovlarni rad etdi

Kiev viloyati politsiyasi xususiy uy Milliy gvardiya bölinmalaridan biri harbiy xizmatçilarining joylaşuv manzili ekanini bildirgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar odamlarni noqonuniy uşlab turiş, kaltaklaş va qiynoqqa soliş, şuningdek, bir kişi halok bölgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Ukraina Milliy gvardiyasining «Azov» 1-korpusi ham bayonot bergan. Unda ijtimoiy tarmoqlarda 3121-sonli harbiy qismning vaqtinça joylaşuv punktida harbiylarga nisbatan zöravonlik sodir etilgani haqida tekşirilmagan maʼlumotlar tarqalayotgani aytilgan.