Dunyoning eng maşhur suzuvçilaridan biri Maykl Felpsning parhezi allaqaçon afsonaga aylanib ulgurgan. Oddiy inson uçun u iste'mol qiladigan kaloriyalar soni dahşatli tuyulişi mumkin, sportçining kundalik ratsionini butun bir haftaga yetkaziş mumkin. 

2008 yilda Pekinda ötkazilgan musobaqalardan oldin Felps bir kunda taxminan 12 000 kkal iste'mol qilişini aytgan. Keyinroq sal oşirib yuborganini tan olgan, biroq u haqiqatda juda köp taom yegan. 

Parhez

Sportçining kuni tuxumli sendviçlar bilan boşlangan, keyin u quymoq va şokolad, fransuz tostlari, don mahsulotlari va protein zahiralarini töldiriş uçun beşta tuxumdan omlet iste'mol qilgan.

Mayklning tuşligi pişloq va  vetçinali bir neça sendviçlar, biror bir quvvatbaxş içimlik va pastadan iborat bölgan. 

Keçki ovqatga esa butun bir pitssani yeb, yana yarim kilogramm pasta qöşişi mumkin edi. 

2008 yilgi Olimpiada öyinlarida Felpsning parhezi unga sakkizta oltin medalni qölga kiritişga yetarli kuç bergan. Riodagi natijalari bundan biroz kam, lekin ular ham barçada katta taassurot qoldirmoqda. Hozir uning nonuştasi bir finjon qahva, mevalar, suli yormasidan tayyorlangan bötqa (katta idişda) va pişloq hamda vetçinali katta omletdan iborat. Tuşlikka qiymali şarçalar solingan katta sendviç, keçki ovqatga esa don mahsulotlaridan tayorlangan birorta taom, yoğsiz göşt va sabzavotlar yeyişi mumkin. 

Maşqlar

Suziş sporti yuguriş kabi köp kaloriyani yemaydi, biroq Felps özining maşğulotlar jadvali bilan istaganiça taom tanovul qilişi mumkin. U deyarli har kuni 5-6 soat maşq qiladi. Ba'zan bir kunda ikkita maşhulot ötkazadi. Maykl şunçaki suzibgina qolmay, u suvda maxsus maşqlar bajaradi va qöşimça uskunalarni qöllaydi. Qöşimça uskunalar bilan maşq qiliş oyoqlar, qorin muşaklari va tananing boşqa qismlarini mustahkamlaş uçun xizmat qiladi. 

Hovuzdagi maşqlarga haftasiga uç marta (duşanba, çorşanba, juma kunlari) qöşimça vazn maşğulotlari qöşilgan. Felps tortişiş maşqlarini öz vaznida bajarişni xuş köradi. Ular muşaklar kuçi va çidamlilikni oşirib, qöşimça vazn maşqlari kabi uni qöpol va besönaqay bölişiga yöl qöymaydi.