Afsuski, mikroplastikni iste’mol qilişdan butunlay voz keçiş imkonsiz. Mutaxassislar mikroplastmassa (va hatto undan ham kiçikroq nanoplastik) tanamizga qanday ta’sir qilişini endi tuşuna boşladi. Antioksidantlar, soğlom ovqatlaniş va yalliğlanişni kamaytirişning boşqa usullari plastmassaning soğliqqa salbiy ta’sirini kamaytirişi mumkinligi haqida ba’zi dalillar mavjud.

Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, soğliq uçun salbiy ta’sirlar va mikroplastik örtasida boğliqlik bor. Bu mayda zarralar inson tanasining deyarli barça qismlarida topilgan.

Mikroplastmassa muammo keltiradi, çunki ular töqimalarga kiradi va kimyoviy moddalarni ham öz içiga olişi mumkin. Ötgan yili çop etilgan hisobotga köra, plastmassa işlab çiqarişda qöllanadigan 16 mingta kimyoviy moddadan kamida 4200 tasi inson salomatligi va atrof-muhit uçun xavfli.

Mikroplastmassaning tanaga ta’siri umuman şaxsga, uning soğliği tarixiga, plastik zarralarning ölçamiga, plastmassa turiga va tanadagi plastmassa miqdoriga boğliq.

Yaxşiyamki, barça plastik zarralar tanamizda abadiy qolmaydi. Biz asosan oziq-ovqat va içimlik orqali mikroplastmassani yutamiz. Köpgina plastik zarralar oxir-oqibat katta içak orqali ötadi. Mikroplastmassaning köpçiligi najas bilan çiqadi, deb işoniş uçun asos bor.

Mikroplastmassadagi kimyoviy moddalar ham organizmda uzoq vaqt qolmaydi. Ammo qonimizni tark etadigan kimyoviy moddalar örni plastikning hamma joyda mavjudligi tufayli tezda töldiriladi. Bundan taşqari, tanada kiçikroq zarralar qolişi mumkin. Misol uçun, nanozarraçalar ba’zan hujayralar tomonidan söriladi va ularning tana böylab osongina harakatlanişiga imkon beruvçi oqsil qobiğini hosil qilişi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, parhezdagi ba’zi özgarişlar mikroplastmassaning tanaga ta’sirini kamaytirişi mumkin. Bir tadqiqotda olimlar antosian (rezavorlar va uzum kabi binafşa va kök rangli oziqlarda mavjud) testosteron va estrogen darajasining pasayişiga, sperma sifatining pasayişiga va mikroplastmassaning tuğiş qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini aniqladi.

Mutaxassislar, şuningdek, soğlom tana mikroplastmassaning ehtimoliy salbiy ta’sirini yaxşiroq yengişga qodir ekaniga qöşiladi. Bu esa soğlom vaznni saqlaş va semirişning oldini oliş uçun hamma narsani qiliş zarurligini anglatadi.

Kaliforniya universitetining Reproduktiv salomatlik va atrof-muhit dasturi direktori Treysi Vudraff mikroplastikka qarşi meva va sabzavotlar, qayta işlanmagan göşt, loviya va baliqlarga boy parhezga rioya qilişni tavsiya etdi.