AQŞning Tuleyn universiteti tibbiyot maktabi olimlari oziqlaniş borasida kalamuşlar ustida tajribasini ötkazdi. Ular Örtayer dengizi diyetasi asosida oziqlantirilgan kemiruvçilarning içak bakteriyalari, odatdagi ğarb diyetasi bilan ovqatlanadigan jonivorlarnikiga qaraganda butunlay boşqaça şakllanganini aniqladi. Uşbu bakterial özgarişlar kuçli xotira va kognitiv qobiliyat bilan özaro boğliq, deb yozmoqda Medical Xpress.

Örta yer dengizi parhezi tarkibiga quyidagi mahsulotlar kiradi:

  • asosiy yoğ manbasi sifatida zaytun moyi;
  • köp miqdordagi sabzavotlar, mevalar va donli mahsulotlar;
  • baliq va quruq oqsillar;
  • çeklangan miqdorda qizil göşt va töyingan yoğlar;
  • turli xil ösimlik manbalaridan olingan kletçatkalar.

Kalamuşlar bilan ötkazilgan tajriba 14 hafta davom etdi. Olimlar ratsionida zaytun yoği, baliq va kletçatka ustunlik qilgan hayvonlarda törtta foydali içak bakteriyalari turi köpayganini, beşta zararli tur kamayganini kuzatdi. Mutaxassislar Candidatus Saccharimonas turidagi bakteriyalar köpayişini kognitiv funksiyalarning yaxşilanişi bilan boğladi. Biroq Bifidobacterium bakteriyalarining yuqori darajasi kalamuşlar labirintlarda turli testlardan ötişida xotira funksiyasini yomonlaştirgani aniqlandi.

Örtayer dengizi parhezidagilar yangi ma’lumotlarga moslaşiş qobiliyatini ham eng yaxşi darajada namoyiş etgan. Bundan taşqari, uşbu kemiruvçilarning organizmida “yomon” xolesterin (PZLP) darajasi ança past bölgan.

Tajriba doirasida mutaxassislar taxminan 18 yaşar insonlarga teng yoşdagi kalamuşlardan foydalangani ma’lum qilindi. Örtayer dengizi diyetasi kognitiv moslaşuvçanlik, xotira va içak salomatligi uçun sezilarli afzalliklarni körsatdi.

“Tadqiqot natijalarimizdan ma’lum böldiki, Örtayer dengizi parhezi va uning biologik ta’sirlaridan ösmirlarning öquv faoliyatini yoki yoşlarning mehnat unumdorligini oşiriş uçun foydalaniş mumkin. Xulosalar hayvonlar ustida ötkazilgan tajribalarga asoslangan bölsa-da, ular Örtayer dengizi parhezini xotirani yaxşilaş va demensiya xavfini kamaytiriş bilan boğlaydigan insonlar ustidagi tadqiqotlar bilan hamohangdir”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Demetrius M. Maraganor.

Olimlar ta’kidlaşiça, kuzatilgan natijalarni tasdiqlaş va ovqatlaniş tartibi, içak bakteriyalari hamda miya faoliyati örtasidagi murakkab aloqani çuqurroq tuşuniş uçun insonlar iştirokida keng kölamli tadqiqotlar ötkaziş zarur.