Rio—2016 ning 52 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi musobaqasida yana bir yarim final jangi ötkazildi. Bu jangda biroz oldinroq finalga çiqqan özbekistonlik Şahobiddin Zoirovning raqibi aniqlandi.
Rossiya şarafini himoya qilayotgan Mişa Aloyan xitoylik Xu Tszyanguanni 3:0 (28:28, 29:28, 29:28) hisobida yengib, final masalasini hal qildi.
Endi bu vazn toifasida ğolibni aniqlaş uçun 21 avgust kuni Mişa Aloyan va Şahobiddin Zoirov örtasida jang ötkaziladi.








