AQŞda Ikkinçi jahon uruşi faxriysi, 93 yoşli Erni Endras mamlakatning ğarbiy qirğoğidan şarqiy qirğoğigaça bölgan hududni piyoda kezib çiqdi.
Mahalliy naşrlarning ma'lumotlariga köra, buning uçun janob Endras 2 yilu 10 sarflagan. U ba'zan yörğalagan, ba'zan odimlab yurgan. Endi u Tinç okeanidan Atlantika okeaniga qadar masofani yurib ötgan yer yuzidagi eng keksa kişidir.
Janob Endras bu işini Fransiyadan Ikkinçi jahon uruşi davrida qolib ketgan kemalardan birini AQŞga köçirib keltiriş uçun xayriya mablaği yiğiş zarurati sababli amalga oşirgan. Qayd etilişiça, u şunday kemalardan birida sanitar bölib işlagandi.
Janob Endrasga sayohati davomida turli kişilar hamrohlik qilişgan va uni qöllab-quvvatlaşgan. U öz marafonini 20 avgust kuni Jorjiya ştatida tamomlagan va Atlantika suvlariga tuşgan.
















