Mudofaa vazirligi xabariga köra, II Jahon uruşi qatnaşçilarining eng köpi Toşkent şahrida istiqomat qilmoqda — 28 nafar. Undan keyingi örinni 11 nafar uruş faxriysi bilan Toşkent viloyati egallagan. Farğona viloyatida 5 nafar, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 3 nafardan, Namangan va Qaşqadaryo viloyatlarida 2 nafardan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida esa 1 nafardan faxriy bor. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida uruş qatnaşçilari qolmagan.
Faxriylarning 14 nafari uruş nogironi hisoblansa, yana 14 nafari bevosita uruş qatnaşçisidir. 13 nafari esa Leningrad qamalida iştirok etgan, 19 nafari konslagerda tutqun bölgan.

Avvalroq, 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan II Jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 30 million söm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilişi e’lon qilingan edi.
Özbekiston II Jahon uruşi davrida (1939-1945) 6,5 million aholiga ega bölgan va 2 millionga yaqin kişini frontga jönatgan. Ulardan 538 ming nafari halok bölgan.

















