Riodagi Olimpiada çempioni, özbekistonlik boksçi Hasanboy Döstmatov Janubiy Afrika Respublikasining Golden Gloves promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma imzolab, professional boksçiga aylandi. Bu haqda ESPN telekanali ma'lum qildi.
Kelişuv şartlari oşkor qilinmagan.
"Bu yigitga qarab, u bunçalik yaxşiligiga işonmaysan. Gennadiy Golovkin şarqiy yevropalik boksçilarga Ğarbda superyulduzlar bölişga yöl oçib berdi. Biz şu işni ajoyib boksçi bölgan Hasanboy bilan ham amalga oşirmoqçimiz. U boks tuşunçalariga köra, havaskor emas, balki tölaqonli boksçidir", deb aytdi Golden Gloves rahbari Rodni Berman.
Bermanning aytişiça, Döstmatov professional ringdagi birinçi jangini joriy yilning dekabrida JARda ötkazadi, 2017 yilda esa uning 3 ta jang ötkazişi rejalaştirilgan.












