Bir neça kun oldin özbek boks afsonasi Rufat Risqiyev oğir xastalikdan söng 76 yoşida vafot etdi. Öz vaqtida jahon çempioni, olimpiada sovrindori bölgan sportçi çinakam özbek boksining afsonasi edi.
Bugungi özbek boksi dunyodagi eng yaxşilardan. Bu sport böyiça jahon çempionati va olimpiada öyinlarida Özbekiston asosiy favoritlar qatorida böladi. Ayniqsa oxirgi ön yillikda özbek boksi yangi darajaga kötarildi, köplab sportçilar bir neça martadan jahon çempioni va olimpiya öyinlari oltin medallarini qölga kiritdi.
Sobiq Ittifoq davrida esa köplab özbek sportçilari uçun jahon çempionati yoki olimpiadaga boriş orzuligiça qolib ketar, çunki sovetlar bunday musobaqalarga özbeklarni olib ketişi amri mahol edi. Ayniqsa bitta yöllanma uçun bir neça daʼvogarlar kuraşgan yakkakuraş turlarida. Afsonaviy Rufat Risqiyev öz isteʼdodi, matonati bilan SSSR davridagi bu stereotipni yöqqa çiqarib, özbeklar orasida birinçi bölib jahon çempionligini qölga kiritadi.

«Toşkent yölbarsi»
Rufat Risqiyev 1949-yilda Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida tuğilgan. Bolaligida avvaliga örtoqlari bilan akrobatika tögaragiga borgan, köp ötmay boks tögaragiga ötib ketadi.
«Toşkentning Navoiy köçasida turardik. Örtoqlarimga qöşilib darsdan keyin akrobatika maşğulotlariga qatnaganman. Menga umuman yoqmagan bölsa-da, bir muddat şu sport turi bilan şuğullanganman. Keyin örtoqlarim boksga qatnaşni boşladi, men ham ularga qöşildim. Köp ötmay örtoqlarim negadir maşğulotga qatnamay qöyişdi. Mening hayotim esa boks bilan boğlandi», deb eslaydi öşa kunlarni afsonaviy sportçi.
Rufat ham Özbekistonda boks ommalaşişiga katta hissa qöşgan amerikalik murabbiy Sidney Jeksonning şogirdlaridan edi. Bölajak jahon çempioni katta boksçi bölib yetişişida Boris Granatkin, Aleksey Baranov, Boris Granatkin kabi murabbiylarning ham xizmati katta bölgan.
Rufat Risqiyev bir neçta xalqaro musobaqada zafar quçgaç, 1968-yilda uni SSSR terma jamoasi safiga qabul qilişadi. 1972-yilda sportçi ittifoq birinçiligida barça raqiblarini yengib, çempion böladi. 1974-yilgi SSSR çempionatida ham unga teng keladigan topilmagaç, Moskvadagilar özbek yigitga işonç bildirib, jahon çempionatiga olib ketişadi.














