Eron TIV vakili Bahrom Gasemiyning bayonotiga köra, Rossiya harbiy-kosmik kuçlari samolyotlari Suriyadagi terrorçilar manzillariga havo zarbalari beriş uçun Hamadon aerodromidan foydalanişga barham bergan, deb xabar qilmoqda Tasnim agentligi.

"Ayni vaqtda, Rossiyaning Eron aviabazasidan foydalanişi poyoniga yetdi", — deb yozmoqda agentlik Twitter sahifasida.

"Bu maxsus ruxsat berilgan missiya edi, u ham yakuniga yetdi. Rossiyaliklar jangovar topşiriqni bajargaç, bazani tark etişdi", — deya Gasemiy sözlarini keltiradi Frans Press agentligi.

Şu bilan birga, Gasemiy rossiyalik harbiylar uşbu aerodromdan yana foydalanişi ehtimolini inkor etmagan. Biroq, uning qayd etişiça, "bu mintaqadagi vaziyatga boğliq bölib, Eron ruxsati bilan amalga oşişi mumkin".

Hozirça, Rossiya mudofaa vazirligi uşbu yangilikni izohlaganiça yöq. 

Avvalroq, rasmiy Tehron, Rossiya Hamadondagi aviabazadan zarurat bor ekan foydalanişi mumkinligini aytib, aerodromda bombardimonçi samolyotlarga yoqilği quyilayotganini ta'kidlagandi.