Donald Tramp va uning milliy xavfsizlik masalalari bilan şuğullanuvçi asosiy maslahatçilari 5-noyabr kuni Eron masalasiga bağişlangan uçraşuv ötkazdi.

Axios manbalarining xabar berişiça, Kongressga bölib ötgan oraliq saylov Respublikaçilar partiyasi uçun muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, AQŞ prezidenti Tehronga nisbatan qanday yöl tutiş böyiça bir neçta variantni körib çiqmoqda: 28-fevral kuni Isroil bilan hamkorlikda boşlangan harbiy harakatlarni qayta tiklaş, Eronga jiddiy yon bosişni talab qilsa-da, bitim tuziş yoki Eronga iqtisodiy bosim ötkazişga urğu bergan holda status-kvoni saqlab qoliş.

Şu bilan birga, manbalarning taʼkidlaşiça, harbiy ssenariy hozirça ustuvor bölib qolmoqda va AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi Eronga qarşi keng kölamli operatsiyalarni qayta boşlaş uçun tayyorgarlikni yakunlagan.

Öz navbatida, Fox News telekanali manbalarining maʼlum qilişiça, oraliq saylovdan söng Oq uyda Eronga qarşi keyingi harakatlar böyiça maslahatlaşuvlar ikki marta - 4 va 5-noyabr kunlari bölib ötgan. Telekanal maʼlumotlariga köra, uşbu yiğilişlardan söng Amerika yetakçisi 9-noyabrdayoq Eronga qarşi yangi yirik operatsiyani boşlaşga ruxsat beriş fikriga moyil böla boşlagan. Fox News suhbatdoşlari taʼkidlaganidek, şu kuni yangi oy çiqişi kutilmoqda va tabiiy yoruğlikning yöqligi Eronga qarşi tungi harbiy-havo reydlarini amalga oşiriş uçun ideal şaroit yaratadi.