Eron davlat televideniesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholi uçun amal qilinişi lozim bölgan yöriqnomani namoyiş etdi, deb xabar berdi Al Arabiya.

Eronliklarga çaqnaşga qaramaslik, tösiq ortiga yaşiriniş, yerga yotiş hamda boş va yuzni tösiş tavsiya etilgan. Zarba tölqini ötib ketgaç, eng yaqin binoga kiriş hamda deraza va taşqi devorlardan uzoqroq turiş zarur. Portlaşni tomoşa qiliş yoki uni telefonda tasvirga oliş uçun köçada qoliş tavsiya etilmagan.

Radioaktiv zararlaniş holatida ustki kiyimning çangini qoqmasdan yeçiş, uni germetik paketga solib qöyiş hamda iliq suv va sovun bilan duş qabul qiliş lozim. Agar duş qabul qilişning imkoni bölmasa, terining oçiq qismlarini suv yoki nam salfetkalar bilan artib tozalaş kerak. Bino içida deraza va eşiklarni yopiş, ventilyatsiyani öçiriş, qadoqlangan suv va yopiq öramdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniş maslahat beriladi. Boşpanada kamida 24 soat qoliş va u yerdan faqat hukumat körsatmalaridan söng çiqiş talab etiladi.

Uşbu yöriqnoma AQŞ tomonidan Eronga qarşi yadroviy qurol qöllanilişi mumkinligi haqidagi bayonotlar fonida paydo böldi. 2-noyabr kuni jurnalist Taker Karlson AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning bosimi ostida göyoki şunday zarba berişi mumkinligi haqida aytgan edi. Uning sözlariga köra, bu boradagi qaror 7-noyabrga qadar qabul qilinişi mumkin. Karlson ehtimoliy nişon sifatida Natanz yaqinidagi Kolang-Gaz-La toğida joylaşgan yerosti inşootini körsatdi. Jurnalistning taʼkidlaşiça, Isroil razvedkasi Tehron u yerda uranni boyitiş işlarini qayta tiklagan deb hisoblamoqda. Obyekt taxminan 100 metr çuqurlikda joylaşgan bölib, hatto Amerikaning bunkerga qarşi bombalari bilan ham uni yakson qilib bölmaydi.

Oq uy The War Zone naşriga Karlson maʼmuriyatning harbiy rejalari haqida maʼlumotga ega emasligini maʼlum qildi. 15-oktabr kuni Newsmax telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eronga qarşi taktik yadroviy qurol qöllanilişini istisno qilgan edi. «Men yadroviy qurol qöllamagan bölardim. Bizga buning keragi yöq», - dedi u. Şu bilan birga, u mamlakatning mustahkamlangan yerosti obyektlariga yangi zarbalar berilişi mumkinligini ham istisno etmadi.