Germaniya fuqarolari jiddiy tabiiy ofatlar yoki uruşlar yuz beradigan bölsa, birinçi 10 kun özlarini barça zaruriy narsalar bilan ta'minlaşlari kerak böladi. Bu Frankfurter Allgemeine (FAZ) gazetasi ixtiyoriga tuşgan Germaniya fuqarolik mudofaasining yangi konsepsiyasida közda tutilgan. Federal hukumat bu konsepsiyani 24 avgustda muhokama qilmoqçi.
"Aholiga özlarining 10 kunlik oziq-ovqat zaxiralarini saqlaş buyuriladi", deyilmoqda konsepsiyada.
Bundan taşqari, aholi özini bir odamga bir kunga 2 litr hisobidan 5 kunlik içimlik suvi bilan ta'minlaş böyiça çoralar körişi kerak böladi.
Umuman olganda, yangi konsepsiyaga köra, aholi davlat muammolarning yeçimini öz zimmasiga olgunça özini oziq-ovqat, suv, energiya va naqd pul bilan ta'minlaşga qodir bölişi lozim.
Şuningdek, işonçli signalizatsiya tizimi mavjudligi, binolarning mustahkamlanişi va soğliqni saqlaş tizimining normal işlaşini ta'minlaşning muhimligi ta'kidlab ötilgan.
FAZ ma'lumotlariga köra, Germaniyada bunga öxşaş konsepsiya sovuq uruş tugagan 1989 yildan beri birinçi marta kiritilmoqda. U bundestagning byudjyet masalalari böyiça qömitasi buyurtmasi böyiça mamlakatning milliy xavfsizlik yöriqnomasini aks ettiruvçi "Oq kitob" bilan bir vaqtda işlab çiqildi.
69 sahifalik hujjatda Germaniyaga mamlakatni himoya qilişning an'anaviy vositalarini qöllaşni talab qiluvçi hujum amalga oşirilişining imkoniyati pastligi ta'kidlab ötilgan. Biroq xavfsizlik çoralari kelajakda töliq istisno qilib bölmaydigan bunday xavfli ssenariylarning hisobga olinişini talab qiladi.
Hujjat mualliflarining fikriça, bu sohadagi amaldagi mexanizmlar qoniqarli hisoblanmaydi.












