Rio—2016 Olimpiadasining 52 kilogrammgaça bölgan boksçilari örtasidagi turnirida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Şahobiddin Zoirov bugun finald oltin medal uçun jang ötkazadi.

Uning raqibi kelib çiqişiga köra armanistonlik bölgan, Rossiya nomidan turnirda iştirok etayotgan sportçi Mişa Aloyan.

Iştirokini saralaş bosqiçidan boşlagan Şahobiddin Zoirov Rio—2016 dagi birinçi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni taslim etgandi. U 1/8 finalda amerikalik Antonio Vargasni, 1/4 finalda esa ozarbayjonlik Elvin Mamişzodani turnirdan çiqarib yubordi. Final ostonasida venesuelalik Yoel Rivasga qarşi ringga kötarildi va raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmagan holda Hasanboy Döstmatov, Şahram Ğiyosov va Bektemir Meliqöziyevlar qatorida boks bellaşuvlarining finaliga yöllanma olgan törtinçi özbekistonlik boksçiga aylandi.

Aloyan Riodagi iştirokini 1/8 finaldan boşlagan bölib, avvaliga Fransiya vakili Eli Konkini, 1/4 finalda kolumbiyalik Seyber Avilani, 1/2  finalda esa xitoylik Xu Tszyanguanni yenggan.

Ayni vaqtda 27 yoşda bölgan Aloyan 2012 yilda London Olimpidasining bronza medali sovrindori bölgandi. Uning medallari qatorida Milandagi 2009 yilgi JÇ bronza medali, Bokudagi 2011 yilgi JÇ va Olma-Otadagi 2013 yilgi JÇning oltin medallari bor. U şuningdek, 2008 yilda Moskvada ötgan Jahon kubogi hamda 2010 yilda Moskvada ötgan Yevropa çempionatida ham tengsiz bölgan.

Şahobiddin Zoirov va Mişa Aloyan örtasidagi jang Toşkent vaqti bilan soat 22:15da boşlanadi.