Jizzaxda mustaqillik bayrami arafasida “Jizzax kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy majmuasi iş boşladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi taşabbusi bilan barpo etilgan majmuada mamlakat naşriyotlarida çop etilgan 20 ming nusxadan ziyod turli kitoblar sotilmoqda. Alohida bolalar bölimi, mavzular böyiça peştaxtalar, körgazmalar taşkil etilgani xaridorlarga manzur bölmoqda.
– Şahrimizda bunday zamonaviy kitob savdosi majmuasining işga tuşirilganidan xursandmiz, – deydi Jizzax şahridan Dilorom Rasulova, – Sotuvda sönggi paytda naşrdan çiqqan barça kitoblar bor ekan. Ayniqsa, maktab boşlanişi oldidan darsliklar, öquv qurollari savdosi yölga qöyilgani bolalarimizga ham, ota-onalarga ham katta qulaylik yaratmoqda.











