«Dunyo» axborot agentligining Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, WaterCon kompaniyasi va Jizzax viloyati hokimligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolangan.

Hujjat kompaniya delegatsiyasining Özbekistonga biznes-missiyasi davomidagi muzokaralar natijasida qabul qilingan. Safar Özbekiston elçixonasi taşabbusi bilan taşkil etilgan.

Delegatsiya vakillari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligida uçraşuvlar ötkazgan. Muzokaralarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, çuqur qayta işlaş va zamonaviy tizimlarni joriy etiş imkoniyatlari muhokama qilingan.

Memorandumga muvofiq, Yangiobod tumanida zamonaviy zaytun plantatsiyasini barpo etiş bilan birga, tayyor mahsulot işlab çiqarişni ham yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Loyihaning keyingi bosqiçlarida zaytun sanoat usulida qayta işlanib, qadoqlanadi. Yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarni Made in Uzbekistan brendi ostida xorijiy bozorlarga yetkazib beriş möljallangan.

Tomonlar loyihani boşlaş uçun zarur infratuzilmani şakllantiriş va taşkiliy işlarni amalga oşiriş böyiça navbatdagi qadamlarni belgilab olgan.