Germaniyadagi Bild tabloidi rossiyalik sportçilarning Paralimpiada öyinlariga qöyilmaganini xursandçilik bilan kutib oldi.
"Heç bölmasa Riodagi Olimpiya öyinlarining ikkinçisi Rossiyasiz ötadi! Vladimir Putinning nogiron sportçilariga Rioga borişga ruxsat berilmadi", — deyilgan naşr xabarida.
Maqola şunday nomlangan "Sud nihoyat Rossiyani Riodan uloqtirib taşladi (Gericht schmeißt Russen endgültig aus Rio raus)".
Xalqaro paralimpiya qömitasi (IPS) Butunjahon aksildoping agentliginining (WADA) tavsiyasiga binoan rossiyalik sportçilarni Rio Paralimpiadasidan çetlaştirgandi.
Rossiya tomoni Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilgandi, ammo bugun sud XPQning qarorini ma'qulladi.
Bild germaniyalik paralimpiyaçilardan biri Markus Remning sözlarini keltirgan.
"Bir tomondan doping işlatmaga sportçilarga açinaman. Rossiya terma jamoasida qoni toza sportçilar ham bor. Ular uçun bu qaror — şafqatsizlik. Boşqa bir tomondan esa men bu qarorni juda-juda töğri deb hisoblayman", — degan u. Uning aytişiça, XPQ "Xalqaro olimpiya qömitasidan köra jasurroq"".
Yana bir paralimpiyaçi-çempion, yengil atletikaçi Genrix Popov esa Bild naşriga bildirişiça, u bu borada qat'iy usullar qöllaş tarafdori, Rossiyaning çetlatilişi — dopingga qarşi kuraşdagi katta qadamdir.
"Lekin bu birinçi va oxirgi qadam bölsa, bu töğri emas. Men dopingdan foydalanadigan boşqa davlatlar ham borligini bilaman", — deya qöşimça qilgan u.
Bild naşri doping mojarosi fonida Rossiya olimpiya terma jamoasiga boykot e'lon qilgandi. Naşr Rossiya olimpiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada öyinlaridagi medallar hisobini yuritmadi va natijalari haqida ma'lumot bermadi.
Nemislar yakuniy röyxatni tuzişda ham şu qarorlarida turişdi: naşrdagi röyxatda törtinçi örinni egallagan Rossiya delegatsiyasi taşlab ötildi va uçinçi örindagi Xitoydan keyin beşinçi örindagi Germaniya joylaşdi.

2012 yilgi Paralimpiya öyinlarida Rossiya vakillari 36ta oltin medal bilan ikkinçi örinni egallagandi. 2014 yilgi Qişki Paralimpiadada esa rossiyaliklar 30ta oltin medal bilan birinçi örindan joy olişgan.












