Germaniya va AQSh Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini bloklaydi - Bild
Berlin va Vashington Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasiga to‘sqinlik qilish niyatida. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri oliy martabali mulozimdan olingan ma’lumotlariga asoslanib, axborot tarqatmoqda.
O‘tgan hafta ichida Britaniyaning Telegraph nashri o‘zining NATOdagi manbalariga asoslanib, Litvada o‘tajak NATO sammitida Germaniya ushbu qadam Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirlanib, Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishini keyinroqqa qoldirib turishni talab qilishni rejalashtirayotganini yozib chiqqan edi. Bundan tashqari, Financial Times nashri AQSh va GFR Ukrainani blokka a’zo bo‘lishini yetarli tarzda qo‘llab-quvvatlamayotgani tufayli NATO bo‘yicha hamkorlarning bosimi ostida qolganini yozgandi.
«Men AQSh va Germaniya Ukrainaning NATO a’zoligiga rasmiy arizasini bloklashini tasdiqlay olaman», — deya ta’kidlagan Bild suhbatdoshi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, NATOning iyuldagi sammitida Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga a’zo bo‘lishi yuzasidan rasmiy iltimos bilan chiqish qilishni rejalashtirayotgan va uzoq yillar davom etuvchi yo‘lni boshlab berishi kutilayotgan edi.
Aynan mana shu arizaga NATOning bir nechta davlatlari, birinchi navbatda AQSh va Germaniya to‘sqinlik qilishni rejalashtirmoqda. Bild nashrining yana ta’kidlashicha, Berlin va Vashington alyansning boshqa a’zolariga ham o‘zlarining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun bosim qilishmoqda.
Hozircha alyansga a’zo 24 ta davlat Ukrainaning NATO a’zosini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr bildirgani ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, NATO sammiti 11–12 iyul kunlari Litva poytaxti Vilnyus shahrida bo‘laib o‘tadi. Sammitga alyansga a’zo davlatlarning barchasining davlat va hukumat boshliqlari, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden tashrif buyuradi. Avvalroq Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Ukraina kutilayotgan sammitda NATO a’zosi bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024