2013 yilda Niderlandiyadagi 13ta qamoqxona mamlakatda mahbuslar soni yetarliça bölmagani uçun yopilib ketdi. 2016 yil yozi söngiga kelib yana beşta qamoqxonaning faoliyati tugatiladi. 2004 yildan beri Niderlandiyada jinoyat sodir etiş holati keskin pasayib bormoqda. Tahlilçilar hisobiga köra, yaqin 5 yil içida körsatkiç har yili 90 foizga pasayişda davom etadi.
Uşbu kiçik mamlakatda böm-böş turmalarni uşlab turiş foydasiz. Biroq ularning yopilişi 2 mingga yaqin davlat xizmatçilarining işdan böşatilişiga sabab böladi. Şu sababli ötgan yili sentabrida muammoni hal etişga urinişdi va qamoqxonaning bir qismini Norvegiya va Belgiyadagi qamoqxonalar uçun «ijaraga berib turildi».

Biroq bu yondaşuv vaziyatni yengillaştirmagan.
Jinoyat darajasining keskin tuşib ketişiga sabab Niderlandiyadagi sobiq sudlanganlarning kaftiga qurilma körinişdagi elektron nazorat tizimi örnatilganidir. Bunday apparat taqib yuruvçi jinoyatçilar jamiyatda erkin yaşaşi, yaxşi işga joylaşişi va öz oilasidan ajralmasligi mumkin.
Bunday yondaşuv an'anaviy ozodlikdan mahrum qiliş tizimiga nisbatan eski jinoyat olamiga qaytiş holatini keskin kamaytirişga yordam berdi. Qamoqxona kamerasida bekorga vaqt ötkazişdan köra, jinoyatçilar qonunga böysunuvçi jamiyatga qöşiliş uçun ajoyib imkoniyatga ega bölişadi.
Niderlandiyada jazo emas, sobiq jinoyatçilarga odatiy hayotga qaytişlari uçun yordam beriş muhim hisoblanadi.













