Reuters agentligining 27-sentabrda xabar berişiça, Isroil Taşqi işlar vazirligi mamlakat rasmiylari tomonidan akkreditatsiya qilingan niderlandiyalik diplomatlarning maqomini bekor qilgan. Ularning diplomatik maqomi yetti kundan söng öz kuçini yöqotadi.

Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar X ijtimoiy tarmoğida qarorni izohlab, Niderlandiya falastinliklar bilan munosabatlarda öz manfaatlarini ifoda etişni davom ettirişi mumkinligini, ammo buni Isroil hududidan amalga oşirmasligi kerakligini bildirgan.

«Agar Niderlandiya falastinliklar oldida öz manfaatlarini ifoda etişni davom ettirmoqçi bölsa, buni Isroil davlati hududidan emas, Falastin muxtoriyati hududidan amalga oşirişi mumkin», - deb yozgan Saar.

Taqiq şaxsiy bagaj va suvenirlarga ham taalluqli

Xabarga köra, 22-sentabrdan Niderlandiya, şuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Daniya va boşqa qator mamlakatlar Ğarbiy sohil, Jölon tepaliklari hamda Şarqiy Quddusdagi Isroil aholi punktlariga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.

Import taqiqi mazkur aholi punktlaridan olib kiriladigan barça tovarlarga, jumladan, sayohatçilarning şaxsiy bagaji tarkibidagi buyumlar va suvenirlarga ham tatbiq etiladi.

Niderlandiya bojxona idoralari tuşuntirişiça, tovarning kelib çiqiş joyi uning qayerda sotib olingani yoki işlab çiqarilganiga qarab aniqlanadi. Şu bois çeklov Isroildan keltiriladigan barça mahsulotlarga emas, aynan mazkur aholi punktlarida xarid qilingan yoki işlab çiqarilgan tovarlarga tegişli.

The Times of Israel naşri suhbatlaşgan yölovçilar Amsterdam aeroportida bagaj tekşiruvlari avvalgidan sinçiklab ötkazilayotganini aytgan.

Ğarbiy sohildagi Isroil aholi punktlari

Isroil 1967-yilgi Olti kunlik uruş davrida, unga qadar Iordaniya anneksiya qilgan Iordan daryosining Ğarbiy sohili ustidan nazorat örnatgan.

Keyingi ön yilliklarda Isroil bu hududda önlab aholi punktlarini qurgan. Xabarda keltirilişiça, ularda qariyb 500 ming yahudiy istiqomat qiladi. Ğarbiy sohildagi falastinliklar soni esa taxminan 3 million kişini taşkil etadi.