Foto: Britaniyalik olimpiadachilar Hitrouda muammoga duch kelishdi

Rio Olimpiadasidan qaytgan Buyuk Britaniya olimpiya terma jamoasi a'zolari ijtimoiy tarmoqlarda Hitrou aeroportidagi yuklar o‘tkazish zalida paydo bo‘lgan tartibsizlik haqida ma'lum qilishdi.
Muammoga britaniyalik sportchilarning anjomlari tarkibiga kiruvchi bir xil qizil rangdagi sumkalar sabab bo‘lgan. Bir-biriga o‘xshash ryukzaklar, chemodanlar yoki sumkalar barcha milliy terma jamoa formalarining ajralmas qismini tashkil qiladi, biroq aynan Buyuk Britaniya vakillari bu vaziyatga jiddiy e'tibor qaratishdi.
Britaniyalik gimnastikachi Rebekka Dauni, eshkak eshuvchi Aleks Gregori (Riodagi erkaklar to‘rtligida oltin medal olgan) va vindsyorfer Nik Dempsi (yelkanli sport turida kumush medal) kabi sportchilar o‘z o‘quvchilariga yuzlab bir xil sumkalar orasidan keraklisini axtarib topish naqadar qiyin kechganini aytib o‘tishgan.
«Sumkamni topish poygada g‘olib chiqishdan ko‘ra qiyinroq», — deya yozgan tvitteriga akademik eshkak eshish bo‘yicha Olimpiada chempioni Mett Lengridj.
«Mening sumkam — qizil!», — deya hazillashgan 3ta medal bilan qaytgan vindsyorfingchi Nik Dempsi.
Braziliyadagi Olimpiada o‘yinlarida britaniyalik sportchilar umumiy medallar hisobi bo‘yicha faqat AQSh vakillaridan ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onani zabt etishga muvaffaq bo‘lishdi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

11:29 / 21.03.2025
Hitrou aeroporti katta yong‘in tufayli yopildi

22:20 / 28.10.2020
Koronavirus: Germaniyada yana karantin, JAR prezidenti ihotalandi

19:06 / 01.07.2017
Londonning Hitrou aeroportida terrorizmda gumonlanganlar qo‘lga olindi

18:49 / 27.05.2017