Moped, skuter va boşqa kiçik hajmli mototransport vositasini boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab etilişi bejiz emas. Yöl-transport hodisalari va qoidabuzarliklar statistikasi bu turdagi transport vositalari bilan boğliq xavflar ortib borayotganini körsatmoqda. Bu haqda Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoir Yöldoşev maʼlumot berdi.

Uning qayd etişiça, 2026-yilning dastlabki 9 oyida moped va skuterlar iştirokida 563 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda 488 kişi tan jarohati olgan, 89 kişi halok bölgan.

Qoidabuzarliklar soni ham keskin oşgan. 2025-yil davomida moped va skuter haydovçilari tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq qariyb 300 ta holat aniqlangan bölsa, 2026-yilning ötgan davrida ular soni 4312 taga yetgan.

Şuningdek, 162 ta holatda haydovçilar moped yoki skuterni ham tegişli hujjatlarsiz, ham mast holda boşqargani aniqlangan.

Zoir Yöldoşevning taʼkidlaşiça, keltirilgan raqamlar moped, skuter va boşqa kiçik hajmli mototransport vositalarini boşqarişda xavfsizlik talablarini kuçaytiriş zaruratini körsatmoqda.