Seşanba kuni kasallanganlar soni 500 ming kişiga ortdi – bu epidemiya boşidan beri kuzatilgan kunlik eng yuqori körsatkiç.

Eng oğir vaziyat avvalgidek AQŞ va Hindistonda kuzatilmoqda (mos ravişda 9 milliondan ortiq va deyarli 8 million bemor).

Tinç okeani mintaqasi davlatlarida, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyada vaziyat qoniqarli deb baholanmoqda.

Yevropaning deyarli har bir davlatida turli xil darajadagi karantin çeklovlari qayta tiklanmoqda. Oq uy ştabi rahbari Mark Medouzning aytişiça, Amerika ma'muriyati kasallik tarqalişini nazorat qiliş urinişlaridan voz keçdi va barça umidlarini vaksina paydo bölişi bilan boğlamoqda. 

Rossiyada Gamalei nomidagi Epidemiologiya va virusologiya markazida yaratilgan «Sputnik-V» vaksinasini ommaviy sinovdan ötkaziş davom etmoqda. Çorşanba kuni uning bir neçta iştirokçilari koronavirus bilan kasallanganligi ma'lum böldi. Biroq bu tekşiruv jarayonida platsebo olgan odamlar bölişi mumkin. 

Germaniya kansleri Angela Merkel va 16 federal hudud boş vazirlari örtasidagi bugungi videokonferensiyada «yengil lokdaun» deb nomlangan qaror qabul qilindi. 

«Bizning soğliqni saqlaş tizimimiz bugungi kunda bu muammoga doş bera oladi. Ammo infeksiya bunday tezlikda tarqalsa bir neça hafta içida uni nazorat qiliş imkoni bölmay qolişi mumkin», – degan Merkel.

Karantin 2 noyabrdan kuçga kiradi va dekabrgaça amalda böladi. 

«Yengil» lokdaun restoran, bar, mehmonxonalar, kinoteatrlar va dam oliş markazlari yopilişini nazarda tutadi.

Dökonlar va ta'lim muassasalari öz faoliyatini davom ettiradi. Maktab va boğçalar ham oçiq böladi. Odamlar bir-birlarinikiga taşrif buyurişlari mumkin, lekin köpçilik bölib töplaniş taqiqlanadi. 

Ötgan kun davomida Germaniyada deyarli 15 ming kişida virus aniqlandi. 

Fransiya prezidenti Emmannuel Makron şu kabi çoralar joriy etilişini xalqqa keçki telemurojaati orqali e'lon qilişi kutilmoqda. 

Iloji boriça maksimal miqdordagi aholini masofadan işlaşga, örta maktab öquvçilari va talabalarini esa masofadan öqitişga ötkaziş rejalaştirilgan.