24 avgust kuni Moskvada öz işini boşlagan xalqaro avtokörgazmada R qatoriga mansub 4 ta Ravon modeli namoyiş qilindi. 

Körgazmada Ravon modellari stendida R2 Spark, Nexia R3, Gentra va R4 modellari taqdim qilindi. Yangi Nexia R3 Rossiyada 1 sentabrdan, Chevrolet Cobalt 2013 bazasida tayyorlangan R4 modeli esa noyabrdan sotuvga çiqariladi.  

Avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo negizida yaratilgan Nexia R3 modeli körgazma iştirokçilari va unga taşrif buyurganlar orasida katta qiziqiş uyğotdi.

Hozirda Rossiya avtomobil bozorida R2 Spark 389 ming rubldan, Ravon Gentra 439 ming rubldan boşlab sotilmoqda. Endi sotuvga çiqariladigan Ravon Nexia R3 419 ming rubldan boşlab taklif qilinmoqda.