Moskva markazida bir erkak "Sitibank" bölimini portlatiş bilan tahdid qilmoqda. Gap bankning Bolşaya Nikitskaya köçasida joylaşgan bölimi haqida ketmoqda.
Guvohlarning aytişiça, 55-60 yoşlardagi erkak bankni portlatişini aytib baqirgan. Uning böynida skotç bilan öralgan quti bor, undan simlar çiqib turibdi. Erkak şuningdek 4 kişini garovga olgan.
"U politsiya va muzokaralar olib boruvçini çaqirtirişni talab qilmoqda", deb aytildi xabarda.
Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan. Ma'lum qilinişiça, erkak mast holatda bölgan.
Şuningdek, erkakning şaxsi aniqlangan. U 1961 yilda tuğilgan Aram Petrosyan ismli tadbirkor bölib, avval tibbiy vositalar işlab çiqariş bilan şuğullangan, biroq kasodga uçragan.
Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. Ayni vaqtga kelib erkak garovga olinganlardan ikki nafarini qöyib yuborgan va u bilan Moskva politsiyasi boşliği Anatoliy Yakunin muzokaralar olib bormoqda.
Politsiyaçilarning aytişiça, erkak bankni şturm qilişga oldindan tayyorlangan. U "portlovçi qurilmaga öxşaş buyum" yasagan, ratsiya sotib olgan va kun böyi bank ortidan kuzatuv olib borgan.
Erkak kasodga uçragani sababli jismoniy şaxslarning bankrotlik instituti yaratilişini talab qilmoqda.












