AQŞning xalq iste'mol mahsulotlarini sinovdan ötkazişga ixtisoslaşgan Consumer Reports naşri 2016 yilning eng yaxşi va eng yomon maşinalari röyxatini çop etdi. Reyting naşr muharrirlari ixtiyorida bölgan 70 tadan köproq maşinaning sinovdan ötkazilişi natijalariga köra tuzildi.
Naşr mutaxassislari 6 ta avtomobilni eng yaxşi maşinalar deb topişdi. Ular ikkita nemis modeli (Audi Q7 va BMW 7-Series), ikkita yapon modeli (Honda Civic va Toyota Prius), bitta koreys (Kia Optima) va bitta amerika modelidan (Lincoln MKX) iborat.
Işonçni oqlay olmagan maşinalar 4 ta modeldan iborat böldi: bular Smart ForTwo, Chevrolet Spark, Nissan Sentra va Toyota Tacoma.
Naşr may oyida oxirgi avloddagi Toyota Prius naşr sinovdan ötkazgan barça maşinalar içida eng tejamkori ekanligini ma'lum qilgandi. Mutaxassislar maşinani sinovdan ötkaziş vaqtida modelning yoqilği sarfi 100 km yölga 4,52 litrni taşkil qilişini örnatişgan. Avvalgi rekord Honda Insight modeliga tegişli bölgan, uning natijasi 100 km ga 4,61 litr yoqilğini taşkil qilgan.











