Futbol böyiça Germaniya çempionati bugun Toşkent vaqti bilan soat 23:30da "Bavariya" hamda "Verder" jamoalari örtasidagi uçraşuv orqali start oladi. "Bavariya" har galgidek mavsum arafasida ğoliblik uçun asosiy da'vogar, bu jamoaga yozgi transferlar vaqtida 100 mln yevrodan ortiq mablağ sarflagan va önga yaqin futbolçi sotib olgan "Borussiya" asosiy raqobatçi bölişi kutilmoqda.
"Bavariya" ötgan mavsumda qatorasiga törtinçi marta bundesliga çempioni böldi (umumiy hisobda 26-marta). Myunxenliklar ikkinçi örindagi "Borussiya"ni 10 oçkoga ortda qoldirdi, lekin YeÇLda muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Xosep Gvardiola jamoaga aynan YeÇLda ğolib böliş uçun taklif etilgandi, lekin murabbiy buning uddasidan çiqa olmadi, mavsum yarmida u "Mançester Siti"ga yöl olişi ma'lum böldi. Uning örniga italiyalik tajribali mutaxassis Karlo Ançelotti taklif etildi. Endi unga ham jamoani Yevropa miqyosida sovrindoş etiş vazifasi qöyiladi.
Jamoa yozgi transferlar vaqtida asosiy raqobatçi "Borussiya" sardori, himoyaçi Mats Hummels 35 mln yevro sarflab sotib olindi. Yana şunça mablağ "Benfika"dan 19 yoşli portugaliyalik Renato Sançeşni sotib oliş uçun sarflandi.
"Borussiya" esa Hummelsdan taşqari Genrix Mxitaryan va Ilkay Gundogan bilan xayrlaşdi va bu transferlar orqali 110 mln yevro işlab oldi. Lekin transferlardan olingan mablağning deyarli barçasi yangi futbolçilar uçun sarflandi, jami 8 nafar futbolçi sotib olindi. Xususan, "Bavariya"dan Mario Gyottse hamda Sebastyan Rode, "Volfsburg"dan Andre Şyurrle jalb etildi.
Bundesliga yulduzlari Angliyaga yöl oldi
Germaniya çempionati Yevropaning kuçli çempionatlaridan biri sifatidagi maqomini saqlab qolayotgan bölsada, bu çempionat vakillari Angliya va Ispaniyaga yöl olişdan töxtayotgani yöq. Yozda bundesligadagi 3ta asosiy transfer Germaniya-Angliya yönalişida böldi: avvaliga "Borussiya" M yarim himoyaçisi Granit Çaka "Arsenal"ga ötdi, keyinroq "Borussiya" D jamoasining armanistonlik futbolçisi "MYu" a'zosiga aylandi, Leroy Sane esa "Şalke"ni "Mançester Siti"ga almaştirdi.
Çempionlik poygasida Myunxen va Dortmund jamoalariga "Bayyer" va Menxengladbaxning "Borussiya" jamoalari ham raqobat qilişi kutilmoqda. "Bayyer" mavsum arafasida "Dinamo" Kiyevdan avstriyalik himoyaçi Aleksandr Dragoviçni sotib oldi.
Germaniya çempionatining bu mavsumida ham 18ta jamoa iştirok etadi. Bular: "Bavariya" (Myunxen), "Borussiya" (Dortmund), "Bayyer" (Leverkuzen), "Borussiya" (Menxengladbax), "Şalke" (Gelzenkirxen), "Maynts", "Gerta" (Berlin), "Volfsburg", "Keln", "Hamburg", "Ingolştadt", "Augsburg", "Verder" (Bremen), "Darmştadt", "Hoffenxaym", "Ayntraxt" (Frankfurt-Mayn), "Frayburg" va "Leyptsig".
Mavsum ilk marta "Ştutgart" jamoasiz ötadi. 1992 va 2007 yillarda mamlakat çempioni bölgan bu jamoa ötgan mavsum yakunida keyingi 40 yil içida ilk marta yuqori divizionni tark etgandi.
Germaniyada ilk çempion, 1903 yilda aniqlangan, öşanda yangi mavsum debyutanti "Leyptsig" çempion bölgandi. 1963 yilda esa GFRda bundesliga taşkil qilindi. Şu vaqtgaça "Bavariya" 26 marta, "Nyurnberg" 9 marta (oxirgi safar 1969 yilda), "Borussiya" D 8 marta "Şalke" 7 marta çempion böldi.
Manba: Tribuna.uz












