O‘zbekiston | 19:57 / 26.08.2016
14401
3 daqiqa o‘qiladi

Dayjyest: Oliy xo‘jalik sudida yangi sudya, Marakasini o‘tkazgan tiriklar, Tekin mahsulot dardi, YeChLda yangilik, O‘z-o‘zini yig‘adigan telefon

Yakunlanib borayotgan 26 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Mukofotlangan harbiylar


Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

>>> Batafsil.  

Oliy xo‘jalik sudida yangi sudya


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi.

>>> Batafsil.

Marakasini o‘tkazgan tiriklar


Bosniyada yashovchi juftlik o‘zining dafn marosimini oldindan tashkillashtirib, u yerga tashrif buyurdi.

>>>  Batafsil.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishtirokida jinoyat

24-avgust kni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeysk tumanida ikkita yengil mashina unchalik jiddiy bo‘lmagan to‘qnashuvni sodir etishgach, u ta'qib qilish va harakatlanish chog‘ida o‘q uzish bilan davom etgan.

>>> Batafsil.


Suriya inqirozi bo‘yicha Rossiya-AQSh muzokaralari 


Jyenevaning "Prezident Uilson" mehmonxonasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi. Uning bosh mavzusi Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashda Rossiya-AQSh sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishdir.

>>> Batafsil.

Tekin mahsulot dardi


Birorta mahsulotning taqdimoti yoki kompaniya mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazilsa, albatta dasturxon yoziladi, noz-ne'matlar tortiq qilinadi. Tekin buterbrod, sharbatlar yoki kantselyariya buyumlari taqdim etilsa, odamlarning holini ko‘ring... To‘g‘risini aytganda, bunday holatni kuzatish juda yoqimsiz va achinarli.

>>> Batafsil.


Bosforning uchinchi mo‘'jizasi


Aholisi ko‘pmillion kishilik bo‘lgan Istanbul va Turkiyaning shimoliy transport tizimi 26 avgust kuni hukumat tomonidan ajoyib sovg‘a bilan taqdirlanadi. 15 millionli megapolis Bosfor bo‘g‘ozi uzra uchinchi ko‘prikni qabul qilib oladi.  

>>> Batafsil.

Turkiyada yana terakt


26 avgust, juma kuni Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatining Jizra shahrida joylashgan politsiya nazorat-o‘tkazish punktida portlash sodir etildi.

>>> Batafsil.

O‘z-o‘zini yig‘adigan telefon

Massachusets texnologiya institutida anchadan beri o‘z-o‘zini yig‘uvchi labaratoriya (Self-Assembly Lab) ishlamoqda, bu yerdagi xodimlar 2011 yildan beri to‘rt o‘lchamli bosma sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanishadi.

>>> Batafsil.

YeChLda yangilik


UYeFA Yevropa chempionlar ligasi formatidagi o‘zgarish haqida rasman e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid