26 avgust, juma kuni Turkiya janubi-şarqidagi Şirnak viloyatining Jizra şahrida joylaşgan politsiya nazorat-ötkaziş punktida portlaş sodir etildi.
Anadolu agentligi xabariga köra, portlaş oqibatida 11 nafar politsiya xodimi qurbon böldi, yana 78 kişi jarohat olgan holda şifoxonaga yotqizildi.
Aniqlik kiritilişiça, portlovçi moddalar örnatilgan avtomobil portlagan. Portlaş yaqinidagi nazorat-ötkaziş punkti joylaşgan bino butunlay vayron bölgan.

Turkiyaning Şirnak viloyati Suriya va Iroq bilan çegaradoş bölib, u yerda asosan kurdlar istiqomat qiladi.
Turkiya hukumati bu terakt uçun javobgarlikni Kurdiston işçilar partiyasi zimmasiga yuklamoqda.












