Aholisi köpmillion kişilik bölgan Istanbul va Turkiyaning şimoliy transport tizimi 26 avgust kuni hukumat tomonidan ajoyib sovğa bilan taqdirlanadi. 15 millionli megapolis Bosfor böğozi uzra uçinçi köprikni qabul qilib oladi.
Yovuz Sulton Salim köprigi şaharning Yevropa va Osiyo qismini özaro boğlab turadi. U har kun ikki millionga yaqin avtoulov qatnovi böladigan Istanbul transport arteriyasi vazifasini ötaşi kerak.
Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan, boş vazir Binali Yildirim, transport vaziri va hukumatning boşqa köplab a'zolari iştirok etadi. Horijiy mehmonlardan Bahrayn qiroli şayx Hamad bin Iso Al Xalifa, Bosniya va Gertsegovina Prezidiumi raisi Bakir Izetbegoviç, Makedoneya prezidenti Gerge Ivanov, Bolgariya boş vaziri Boyko Borisov, şuningdek, uşbu davlatlarning transport vazirlari iştirok etişi kutilmoqda.
Bosfor ustidan ötuvçi uçinçi köprikning işçi nusxasi yöq, ammo u dunyo amaliyoti uçun özining ajoyib yeçimlarini taqdim etişiga umid bildirilgan. Köprikning uzunligi 1408, eni esa 59 metrni taşkil etadi. Unda avtoulovlar harakati uçun sakkiz yölak va ikkita temir yöl yönalişi işga tuşirilgan. Sulton Salim köprigining ikki ustuni dengiz sathidan 322 metr balandlikda joylaştirilgan. Turkiya-Italiya konsorsiumi bölmiş IC ctas - Astaldi JV’ning ma'lum qilişiça, köprik özining butun körinişi bilan jahon maqomiga töliq javob bera oladi.
Köprikning rasmiy quriliş işlari 2013 yilda boşlangan edi. Qurilişga 3 mlrd dollar mablağ ketganligi aytilmoqda. U töliq holda konsorsiumning xususiy investitsiya mablağlari evaziga moliyalaştirilgan.
Qatnov yöli, infraqurilma, yaşil hududlarni taşkil etiş va şu kabi işlarga jami hisobda 6 mlrd dollar mablağ sarflangan.
Köprikdan har kunlik hisobda 135 mingta yengil va yuk maşinalari ötişi taxmin qilingan. Uşbu kafolatni konsorsiumga davlat bergan. Köprikda harakatlaniş pulli bölib, Yevropa qismidan Osiyoga ötiş yengil maşinalar uçun 3,4 dollar, yuk maşinalari uçun esa 15 dollarni taşkil etadi. Osiyodan Yevropa qismiga ötiş esa bepul.











