Jyenevaning "Prezident Uilson" mehmonxonasida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va AQŞ davlat kotibi Jon Kerri örtasidagi muzokaralar boşlandi. Uning boş mavzusi Suriyadagi terrorçilarga qarşi kuraşda Rossiya-AQŞ sa'y-harakatlarini muvofiqlaştirişdir.
Hozirça, mazkur uçraşuvda biron yakuniy hujjat qabul qilinadimi-yöqmi, noma'lumligiça qolayapti. Ammo, aytiş joizki, bungaça ikki davlat diplomat va harbiy ekspertlari uşbu masalani muhokama qilişdi. Kun tartibining Suriya mavzusi Halab şahriga oid gumanitar, vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş va siyosiy jarayonlarni boşlaş masalasini ham öz içiga olgan. Bundan taşqari, Turkiyaning Suriya bilan çegarasidagi jangovar amaliyoti ham muhokama etilişi mumkin.
Lavrov va Kerri Ukrainadagi vaziyat hamda ikki tomonlama munosabatlarga oid boşqa masalalar borasida ham fikr almaşişadi.












