Massaçusets texnologiya institutida ançadan beri öz-özini yiğuvçi labaratoriya (Self-Assembly Lab) işlamoqda, bu yerdagi xodimlar 2011 yildan beri tört ölçamli bosma sohasidagi tadqiqotlar bilan şuğullanişadi. Şuningdek yaqin vaqtdan boşlab, ular mustaqil ravişda yiğilişga yoki muayyan bir şaklga kirişga dasturlangan mahsulotlar va komponentlarni işlab çiqariş ustida boş qotirişmoqda.
Labaratoriya xodimi Skaylar Tibbitsning sözlariga köra, uning rahbarligi ostida öz-özini yiğuvçi mebel ustida tajriba ötkazilgan, mustaqil ravişda boğlanadigan boğiçlar yaratilgan, endi esa navbat - elektr maişiy texnikasiga.
Tadqiqotçilar dizayner Marselo Koyeylo bilan birga inson hamda maxsus texnika yordamisiz özini yiğa oladigan ilk mobil telefonni yaratişdi. Tibbits jamoasi amalga oşirgan tadqiqotning natijalari çakki emas, zero agar ularning ixtirolari takomillaştirilib, hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda elektron va maişiy texnika sanoatida katta özgarişlar yuz berişi mumkin.
Hammasi Devid Mellisning loyihasidan boşlandi, uning mohiyati bahosi 200 AQŞ dollaridan yuqori bölmagan öz-özini yiğuvçi telefon yaratişdan iborat bölgan. Loyiha oçiq hisoblanib, oşkora amalga oşirilgan, telefonni işlab çiqariş esa hammaning köz öngida bajarilgan. Ma'lum bir natijalarga erişilgandan keyin mutaxassislar trubkani taşkil qiluvçi qismlariga diqqat qilişdi va uni mustaqil yiğişga qanday majbur qiliş töğrisida boş qotirişdi.
Bugungi kunda labaratoriyaning juda qöpol, lekin işlovçi prototipi bor - ikkita telefonni yiğadigan oltita qismi. Har bir trubka törtta qismdan iborat. Ularni bir joyga töplaş uçun komponentlarni öziga xos sentrfuguga joylaştiriş kerak, telefon uning içida taxminan bir daqiqa içida töliq yiğiladi.












