1-avgust kuni Moskvadagi Balzi Rossi nomli italyança restoranda portlaş röy berdi. Milliy aksilterror qömitasi noma’lum ayol içkariga olib kirişga uringan qölbola bomba harakatga keltirilganini ma’lum qilgan. «Kommersant» manbasi aniqlik kiritişiça, u kurer bölgan va «sovğa» solingan qutini olib kelgan. Binoga kirişda uni qöriqçi töxtatgan va şu onda quti portlab ketgan. Katta ehtimol bilan, kurer özi nima olib kelganidan bexabar bölgan, deb yozadi «Kommersant». Naşrning qayd etişiça, portlaş oqibatida ayolning tanasi «tom ma’noda soçilib ketgan».
Taxminlarga köra, restoranda Havo-kosmik kuçlari boş qömondoni Aleksandr Çaykoning yubileyi nişonlanayotgandi. U Rossiya Havo-kosmik kuçlari (havo hujumidan mudofaa tizimi uçun ham mas’ul) rahbarligiga u 2026-yil mayida tayinlangan, undan oldin Suriyadagi harbiy amaliyotga boşçilik qilgan, şuningdek, 2022-yilda rus qöşinlarining Kiyev oblastiga yurişini boşqargan. Kiyev oblasti ukrainlar tomonidan ozod qilinganidan keyin tinç aholi vakillari qiynoqqa solingani va öldirilganiga oid köplab dalillar topiladi. Ukraina tomoni Çaykoni Kiyev oblastidagi fuqarolik ob’yektlarini bombalaşga buyruq berişda ham ayblagan. U Balzi Rossi’dagi ziyofatdan beş kun oldin 55 yoşga tölgandi. Xabarlarga köra, general göyoki restoranda qöşaloq bayram – ham tuğilgan kuni, ham yuqori lavozimga tayinlanganini nişonlamoqçi bölgandi.
Voqea joyida uç kişi halok bölgan, yana ikki kişi şifoxonada jon bergan. Portlaşdan keyin Milliy aksilterror qömitasi 21 kişi jarohatlangani, kurer, uni töxtatib qolgan qöriqçi hamda restoranga taşrif buyurganlardan biri (u portlaş vaqtda verandada edi) halok bölganini ma’lum qildi. Keyinroq yana ikki kişi şifoxonada vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Rossiyaning Italiyadagi elçixonasi 3-avgust kuni e’lon qilgan postda ham Balzi Rossi’da beş kişi halok bölib, 19 kişi «jiddiy jarohat olgani» aytiladi. Rasmiylar hodisani terakt deb atagan, ammo uning nişoni aynan Çayko bölganini tasdiqlamagan.
Qurbonlar haqida rasman ma’lumot yöq. Norasmiy xabarlarda qurbonlar orasida Çaykoning kuyovi ham borligi aytiladi. «Verstka» xabariga köra, jabrlanganlardan biri generalning 25 yoşli qizi Mariya Çayko bölişi mumkin (turmuş örtoğining familiyasi böyiça Mariya Peredriy) – uning nomi kuçişlatar tuzilmalarga yaqin bölgan telegram-kanallar tomonidan tarqatilgan jabrlanuvçilar röyxatida keltirilgan. Röyxatda Mariyaning turmuş örtoği, 27 yoşli Daniil Peredriy ham bor. Bloger Anatoliy Şariy ma’lumotiga köra, u «rafiqasi tomon uçib kelayotgan oskolka parçasini öz tanasi bilan tösgan». Peredriyning ölimi böyiça boşqa tafsilotlar yöq. General Çaykoning holati haqida ham ma’lum qilinmagan.



















