Moskvadagi Kudrin maydonida portlaş röy berdi. Bu haqdagi ma’lumotni Moskva IIV boş boşqarmasi tasdiqladi. Baza naşri aniqlik kiritişiça, portlaş köp qavatli uylardan birining birinçi qavatida joylaşgan «Balzi Rossi» restoranida röy bergan.

Restoran 1 avgust kuni boşqa mijozlar uçun yopiq edi. «112» telegram-kanali yozişiça, bu yer «50 kişilik banket» uçun band qilingan. Astra guvohlarga tayanib, restoranda «generalning tuğilgan kuni nişonlanayotgani» töğrisida xabar tarqatgan.

Dastlabki xabarlarda portlaşga gaz qurilmasidagi çaqin sabab bölgani aytilgandi. Ammo köp ötmay Milliy aksilterror qömitasi restoranga kiriş joyida noma’lum ayol içkariga olib kirişga uringan qölbola bomba portlab ketganini ma’lum qildi. Uni qöriqçi içkariga kiritmagan. Ularning ikkisi va mehmonlardan yana biri halok bölgan, 21 kişi tan jarohati olgan.

«Kommersant» ma’lumotiga köra, portlaş «qattiq qöriqlangan» ziyofat vaqtida röy bergan. Metall şarli bomba masofadan turib portlatilgan. Dastlabki taxminlarga köra, uni olib kelgan ayol quti içida nima borligidan bexabar bölgan – u qöriqçiga sovğa olib kelganini tuşuntirişga harakat qilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Terrorçilik akti) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Uşbu terakt nişoni, katta ehtimol bilan, Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari boşliği, general Aleksandr Çayko edi. Restoran içida portlaşdan oldinroq olingan videolardan birida kadr ortidagi ovoz «Aleksandr 55 yoşga çiqqani, bunga katta tayyorgarlik körilayotgani» haqida gapirgan. 27 iyul kuni Aleksandr Çayko 55 yoşga çiqqandi.

Şu bilan birga, u 2026 yil may oyida Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari boşliği etib tayinlangandi. Çayko Rossiyaning Ukrainaga qarşi katta uruşining dastlabki davrida Buçada harbiy jinoyatlar sodir etgan Şarqiy harbiy okrug qöşinlariga rahbarlik qilgan.

«VÇK-OGPU» telegram-kanaliga köra, ziyofatga FXXning yuqori martabali xodimlari, Mudofaa vazirligi generallari, deputatlar va boşqa amaldorlar taşrif buyurgandi. Çayko tuğilgan kuni va yangi lavozimga tayinlanganini birga nişonlamoqçi bölgan.

Politsiya portlaş sodir bölgan bino atrofidagi maydonni örab olgan. Moskva transport departamenti keçqurun boşlanişi va Sadovoy halqasi böylab ötişi kerak bölgan Tungi velosport festivali «kutilmagan holatlar tufayli» boşqa sanaga köçirilganini ma’lum qildi.