Mazlum Abdi bu haqda 25-avgust kuni Damaşqda Suriya muvaqqat hukumati vakillari bilan ötkazilgan muzokaralar çoğida maʼlum qilgan.

Uning sözlariga köra, kurd avtonom maʼmuriyatining fuqarolik va harbiy institutlari Suriyaning isloh qilinayotgan davlat institutlariga integratsiya qilinadi. Şu munosabat bilan kurdlarning mustaqil qurolli tuzilmalari faoliyati tugatiladi.

Suriyaning SANA axborot agentligi Abdiga tayanib xabar berişiça, mamlakatning yangi hukumati kurd tilini maktablarda öqitiş huquqini saqlab qoladi. Kurd qurolli tuzilmalari aʼzolari esa Suriya armiyasining brigadalari tarkibiga kiritiladi.

Abdi bu jarayon «tinçlik, barqarorlik va yangi Suriyani barpo etiş»ga xizmat qilişini taʼkidlagan.

Şu kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şarʼa ham Mazlum Abdi boşçiligidagi delegatsiyani Damaşqdagi Xalq saroyida qabul qilgan. Uçraşuvda kurdlarni mamlakat davlat tizimiga integratsiya qiliş bilan boğliq hal etilmay qolgan masalalar muhokama qilingan.

SDF safida 100 minggaça jangçi bölgan

Suriyaning şimoliy va şimoli-şarqiy hududlarida, Turkiya va Iroq bilan çegaradoş mintaqalarda kurdlar katta jamoa bölib yaşaydi. Bu yerlarda, şuningdek, arablar, assuriylar, turkmanlar va boşqa etnik guruhlar ham istiqomat qiladi.

Suriyadagi uzoq davom etgan fuqarolik uruşi yillarida mamlakatning şimoli va şimoli-şarqidagi bir qator hududlar amalda kurd avtonomiyasiga aylangan. Bu hudud Rojava yoki Suriya Kurdistoni nomi bilan ham tanilgan.

Mahalliy qurolli kuçlar keyinçalik «Suriya demokratik kuçlari» alyansiga birlaşgan. Maʼlumotlarga köra, 2024-yilda SDF safida 100 minggaça jangçi bölgan va u mamlakatdagi eng yirik qurolli tuzilmalardan biri hisoblangan.

Kurd kuçlari Suriyadagi uruş davomida IŞID terrorçilik taşkilotiga, şuningdek, Başar Asad hukumati kuçlariga qarşi jang qilgan. Biroq Asad hokimiyatining ağdarilişida SDF mustaqil yirik harbiy kuç sifatida bevosita iştirok etmagan.

Başar Asad hukumati qulaganidan söng SDF hokimiyatning muvaqqat hukumatga ötişini qöllab-quvvatlagan, biroq kurd avtonomiyasini saqlab qolişni talab qilgan.

Integratsiya böyiça muzokaralar bir yildan ortiq davom etdi