Suriyada Başar Asad ağdarilganidan keyingi davrdagi eng yirik ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi. Bunga hukumatning yonilği narxini oşiriş qarori sabab böldi.

13-sentabr kuni Suriya hukumati dizel yonilğisi narxi 40 foizga, benzin narxi esa 28 foizga oşganini eʼlon qildi.

Hukumat bu jahon bozorida neft va neft mahsulotlari narxi oşişi tufayli vaqtinçalik ösiş ekanini taʼkidlagan. Suriyadagi ikkita neftni qayta işlaş zavodidan biri, Baniyasdagi neftni qayta işlaş zavodi faoliyati modernizatsiya işlari tufayli töxtatilişini yana bir sabab sifatida keltirgan.

Suriya energetika vaziri Muhammad al-Başir şanba kuni Suriya hozirda kuniga atigi 102 ming barrel neft qazib olib, 325 ming barrel isteʼmol qilayotganini, şuning uçun mamlakat yonilği import qilişga majburligini aytgandi.

Hukumat qarori ortidan mamlakat aholisi yonilği narxi ortidan boşqa mahsulotlar narxi ham oşişidan xavotirlanib, köçalarga çiqdi va şinalarni yoqib, avtomobil yöllarini tösib qöyişga kirişdi.

Duşanba kuni Halab orqali Turkiyaga olib boradigan yöl böyida joylaşgan Hama, Xon-Şayxun va Maarat-al-Nömon şaharlaridan, Damaşq yaqinidagi Azaz va Al-Bobdan, mamlakat şarqidagi Raqqa, Dayr-az-Zor va Hasakdan, şimoli-şarqdagi Qamişlidan, Suriya Kurdistonidan va boşqa joylardan norozilik namoyişlari haqidagi xabarlar kelgan.

BBC Verify xizmati ikkita çegara punktida sodir bölgan tartibsizliklar haqidagi videolarni tekşirib, ularning haqiqiyligini tasdiqladi: birinçi holat Iroq bilan çegarada, ikkinçisi esa Turkiya bilan çegarada röy bergan.

AFP muxbiri Qamişlidan xabar berişiça, bu şaharda yuzlab odamlar norozilik namoyişiga çiqqan. Ular «Oçlik siyosatiga yöq!» «Yonilği narxining oşişiga yöq!» şiorlarini kötarib, «Yonilği – xalq uçun!» deb hayqirişgan.

«Bu notöğri qaror! Bu qaror fermerlar, işçilar va talabalarga – Suriyadagi barça kambağallarga qarşi», – deydi agentlikka 56 yoşli mahalliy fuqaro Abdul Rahmon Xalil.

Damaşqdagi taksiçilar Reuters agentli muxbiriga mamlakat aholisi uçun yonilği narxi oşişi nimani anglatişini aytib berişgan.

«Men keça 185 ming funtga 10 litr benzin quydim, kun böyi 225 ming işladim. Kun böyi işlab uyga 20-25 ming bilan kiryapman», – degan taksiçi Muhammad. 25 ming funt – ikki dollardan kamroq pul degani.